⛶Kalom, Shanba, 2 Avgust 2025
Qadimgi yo‘llar haqida so‘rang, Yaxshi yo‘l qayerda ekanligini bilib oling. O‘sha yo‘ldan yuring, Shunda ko‘nglingiz taskin topadi.
Tavrot, Yeremiyo 6:16
Iso Masih aytdi:
Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman.
Injil, Matto 11:28
15
Jirkanch ishlari uchun uyaladilarmi? Yo‘q, uyalmaydilar! Qizarish degan narsani bilmaydilar. Shuning uchun boshqalarday halok bo‘ladilar, Ularni jazolab, xonavayron qilaman”, deb aytmoqda Egamiz. |
16
Egamiz O‘z xalqiga shunday deb aytmoqda: “Chorrahalarda turib qarang, Qadimgi yo‘llar haqida so‘rang, Yaxshi yo‘l qayerda ekanligini bilib oling. O‘sha yo‘ldan yuring, Shunda ko‘nglingiz taskin topadi.” Ammo ular: “Yo‘q, u yo‘ldan yurmaymiz”, dedilar. |
17 Egamiz qo‘riqchilarni qo‘yib, ularga: “Burg‘uning jangovar sadolariga quloq solinglar”, deb tayinladi. Ular esa “Quloq solmaymiz”, deb aytdilar. |
27 Otam hamma narsani Mening ixtiyorimga topshirgan. O‘g‘ilni Otadan boshqa hech kim bilmaydi. Otani ham O‘g‘ildan boshqa va O‘g‘il ayon qilishni istagan odamdan boshqa hech kim bilmaydi. |
28 Ey holdan toyganlar, og‘ir yuk ostida qolganlar, hammalaringiz Mening oldimga kelinglar! Men sizlarga orom beraman. |
29 Mening bo‘yinturug‘imni taqib olinglar, Mendan o‘rganinglar. Chunki Men yumshoq ko‘ngil va kamtarinman. Shunda sizlarning jonlaringiz orom topadi. |
2025-05-31 | Wanted: Editors for Irish Gaelic, Romanian, Vietnamese |
2025-01-08 | eBooks for The Word 2025 |
2025-01-08 | The Word 2025 for Greek Available! |